Ko’pincha harakatlarni takrorlashga to’g’ri keladi.
Masalan, ro’yxatdan tovarlarni birin-ketin chiqarish yoki 1 dan 10 gacha bo’lgan har bir raqam uchun bir xil kodni ishga tushirish.
Tsikllar – bir xil kodni bir necha marta takrorlash usuli.
Ilg’or o’quvchilar uchun kichik e’lon.
Bu maqola faqat asosiy tsikllarni qamrab oladi: while, do..while va for(..;..;..).
Agar siz bu maqolaga boshqa turdagi tsikllarni qidirib kelgan bo’lsangiz, mana ko’rsatmalar:
- Obyekt xossalari bo’ylab tsikl uchun for…in ga qarang.
- Massivlar va takrorlanadigan obyektlar bo’ylab tsikl uchun for…of va iterables ga qarang.
Aks holda, davom eting.
“while” tsikli
while tsikli quyidagi sintaksisga ega:
while (condition) {
// kod
// "tsikl tanasi" deb ataladi
}
condition haqiqiy bo’lgan vaqtda, tsikl tanasidagi kod bajariladi.
Masalan, quyidagi tsikl i < 3 bo’lgan vaqtda i